NurliHost JarFix

Minecraft plagin jar'ini yuklang — Java 25 va yangi Paper/Purpur versiyalarida ishlashiga xalaqit beradigan narsalarni topamiz va xavfsiz tuzatib beramiz.

⬆ .jar faylni shu yerga tashlang
yoki bosib tanlang · maks. 50 MB · fayl 1 soatdan keyin o'chiriladi
Fayl tanlanmagan

✔ Avtomatik tuzatadi

  • Java 20–25 da olib tashlangan/ishlamaydigan metodlar
  • Java 11/15+ da JDK dan chiqarilgan kutubxonalar (JAXB, Nashorn…)
  • Takroriy zip yozuvlari (Paper remapper "Duplicate key")
  • Buzilgan raqamli imzolar
  • Ixtiyoriy: CraftBukkit versiyali paketlar, api-version

✘ Faqat aniqlaydi

  • NMS (net.minecraft.server.v1_X_RY) — bu kod boshqa versiyada ishlashi uchun dasturchi qayta yozishi kerak, avtomatik bo'lmaydi
  • Ichidagi eski ASM/kutubxonalar
  • L10/javassist qurti bilan zararlangan jar'lar
  • sun.misc.BASE64, CORBA, JAX-WS

Serverda skript bilan (butun plugins papka)

curl -fsSLO https://jars.nurlihost.uz/jarfix.sh && chmod +x jarfix.sh
./jarfix.sh plugins/            # barcha jar'lar, zaxira bilan
./jarfix.sh MyPlugin.jar --cb   # bitta jar, Paper 1.20.5+

Java 17+ kerak. Asl fayllar jarfix-backup-*/ papkasiga saqlanadi.